«O‘zgidromet» ob-havo keskin o‘zgarishi mumkinligini prognoz qildi

Yangi hafta boshida Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi va ko‘plab tumanlarida kunduz kuni havo harorati maksimumi +25 darajaga ko‘tariladi.
Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 26 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan 10-12 darajaga pasayadi. Chunki, prognozlarda 25 sentyabr kuni shimolda harorat maksimumi +37 daraja issiq bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Mazkur ob-havo prognozi O‘zbekistonga hafta boshidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-g‘arbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yog‘ingarchilik olib kelmaydi hisob.
Tog‘lar, ayrim tog‘ oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham ko‘p yog‘in bo‘lmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yog‘ingarchiliksiz o‘tishi mumkin.
Darvoqe, sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang to‘zonlar ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas