Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parhezsiz ham ozish mumkin: uch mahsulot siri

Parhezsiz ham ozish mumkin: uch mahsulot siri

Foto: «Obozrevatel.com»

Xitoyning «Sohu» portali foydalanuvchisi parhez tutmasdan ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan uchta mahsulotni ma’lum qildi. Bu haqda «Sohu» portali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taomnomada albatta bodring bo‘lishi shart. Uning tarkibida ko‘p miqdorda suv va oziq to‘qimalari mavjud. Shu bois bodring yegach odam to‘yganini his qiladi. Bundan tashqari, bodring yog‘ sarfini tezlashtiradi, ochlikni qondiradi. Eng muhimi, kaloriyali mahsulot hisoblanmaydi.

Undan keyin brokkoli qayd etilgan. Uning ozuqaviy qiymati nihoyatda yuqori. Sabzavot qon aylanishi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Shuningdek, brokkolining tarkibida oziq tolalari ko‘p bo‘lib, ular qorinni to‘ydiradi va yog‘ni yoqishga yordam beradi.

Portal foydalanuvchisi kletchatkaga boy suli yormasini ozish uchun yana bir foydali mahsulot sifatida keltirgan. Chunki sulini iste’mol qilganda to‘qlik hissini chaqirib, ishtahani pasaytiradi. Suliga yog‘siz yogurtni qo‘shib tanovul qilish mumkin. Bundan tashqari, suli foydali moddalarga boy. Suli bo‘tqasi ichaklarni tozalaydi. Natijada odam parhez tutmasa ham, tabiiy yo‘l bilan oza boshlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring