Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda yana 114 kishi koronavirusga chalindi, 1 ayol vafot etdi

Poytaxtda yana 114 kishi koronavirusga chalindi, 1 ayol vafot etdi

2020-yil 1-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42127 (+133) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 114 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 2 nafardan Farg‘ona hamda Toshkent viloyatlarida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Uchtepa tumanida yashagan 61 yoshli L.R. (ayol) vafot etdi.

Bugun shu soatga qadar poytaxtimizda 129 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, Xorazm viloyatida 6 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 39538 (+263) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar darddan forig‘ bo‘lishdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 2266 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring