Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident korteji mashinasi Termizda ayolni urib yuborgani inkor etildi

Prezident korteji mashinasi Termizda ayolni urib yuborgani inkor etildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilning 3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda «Prezident tashrifi vaqtida ko‘cha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada» sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi.

YHXBB axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, 2021 yilning 1 iyun kuni soat 07:30 larda haydovchi E.B. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Kaptiva» rusumli avtomobilni Termiz shahri, «Shodlik» mahallasidagi A.Temur ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, ushbu ko‘chaning «Barkamol avlod» markaziy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan o‘tayotgan vaqtda unga nisbatan chap tomondan o‘ng tomonga qarab piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda ketayotgan  P.R.ni avtomashinasining old qismi bilan turtib yuborishi natijasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, fuqaro P.R. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan  tekshiruv  harakatlari olib borilmoqda.

«Surishtiruv davomida aniqlanishicha, mazkur transport vositasi davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yo‘qligi, bundan tashqari Amir Temur va Barkamol Avlod ko‘chalarining kesishmasida kortej harakatlanmaganligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring