Mirziyoyev Hindiston prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgan, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter