Shavkat Mirziyoyevning ushbu haftadagi rejalari ma’lum qilindi

Bugun prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov brifing o‘tkazdi.
Unda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokidagi tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan:
- bugun barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi yuzasidan taqdimot;
- ertaga chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 10-11-iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.
Asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter