Gurbanguli Berdimuhamedov Italiyaga boradi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Italiyaga boradi.
Berdimuhamedovning aytishicha, Ashxobod va Rim o‘rtasida savdo-iqtisodiy va tadbirkorlik sohasida hamkorlik qilish istiqbollari ancha yuqori. Turkmaniston televideniyesi davlatlararo munosabatlar ahamiyati va Italiyaga qilinadigan tashrif Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarni mustahkamlashda alohida o‘rin tutishi haqida lavha tayyorlagan.
Italiyada har ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Ushbu forum doirasida Turkmanistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter