Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentga yangi maslahatchi tayinlandi

Prezidentga yangi maslahatchi tayinlandi

Foto: «Gazeta.uz»

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ravshan G‘ulomov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiyot, investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan.

Ravshan G‘ulomov (1968-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat universiteti (1992) va Avstraliya milliy universitetini (1998) tamomlagan. 

Turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001-2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari (2004-2006), «Asaka» bank raisi (2006-2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2011), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri (2011-2012), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori (2012-2017), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi (2017-2018),  Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri (2018-2019) sifatida ishlagan. 2019 yilning yanvarida Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘ktamjon Karimov Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring