Qadoqlash bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi

Hukumat qarori (109-son, 24.02.2025-y.) bilan “Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.
Texnik reglament muomalaga chiqarilgan tayyor mahsulotlar bo‘lgan metall, polimer, plastmassa, qog‘oz, karton, shisha, rezina, rezinoplastik va kompozit materiallar, to‘qimachilik materiallari, keramika asosidagi qadoqlarga, shu jumladan, qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligiga nisbatan qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Texnik reglament talablari tibbiyot texnikasi, jihozlari va uskunalari, dori-darmonlar, farmatsevtika mahsulotlari, tamaki mahsulotlari va xavfli yuklarni, shuningdek, yuk konteynerlari va yuklarni avtomobil, temir yo‘l, dengiz va havo transportida tashish uchun tagliklarni (poddon) qadoqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari Texnik reglamentda belgilangan tartibda mahsulot muvofiqligi baholangandan keyin tasdiqlovchi hujjatlar asosida erkin muomalaga chiqariladi.
Texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanmagan qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanmasligi va erkin muomalaga chiqarilmasligi kerak.
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarini saqlash, tashish va yo‘q qilish jarayonlari xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
Qadoqlar xavfsizligi quyidagi talablar bilan ta’minlanishi kerak:
- oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan materiallarning sanitariya-gigiyena ko‘rsatkichlari bo‘yicha;
- fizik-mexanik ko‘rsatkichlar;
- germetiklik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas