Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekistondan topildi

Qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekistondan topildi

Foto: Sputnik

Cho‘kib ketgan qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekiston hududida topildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston. Kuchli suv oqimi chegarachini 11 km masofaga O‘zbekiston hududiga olib ketdi.

Qidiruv ishlari 10 kundan ortiq olib borildi. 19 iyul kuni harbiy xizmatchi Chotqoldagi Oq-buloq daryosiga tushib ketdi.

Qirg‘iziston chegara xizmati o‘zbekistonlik hamkasblaridan yordam so‘radi. Chunki bu daryo O‘zbekiston tomon boradi. Shu bilan birga qidiruv ishlari Qirg‘iziston hududida ham olib borildi.

Kuchli suv oqimi chegarachining jasadini 11 km masofaga olib ketgan va O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari jasadni topishdi. Bugun jasad Qirg‘izistonga olib borildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring