Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizil chiroqdan yuqori tezlikda o‘tish o‘lim bilan yakunlandi

Qizil chiroqdan yuqori tezlikda o‘tish o‘lim bilan yakunlandi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 5-may kuni soat 04:40 larda Navoiy viloyati, Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi «Okian» savdo do‘koni qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1994 y.t. D.N. «Neksiya-3» rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan chorrahadan o‘ngga tezlik bilan burilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilgan.

Natijada, haydovchi 26 yoshli D.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring