Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda ham bir necha kishi koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda ham bir necha kishi koronavirusdan tuzaldi

Foto:«Xabar.uz»

Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Sog‘ayganlarning 1 nafari Toshkent shahridan bo‘lib, Toshkent-Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdda Qoraqalpog‘istonga borgan. Ikki nafari esa Nukus shahridan ota-bola bo‘lib, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

Mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar bugunning o‘zida 27 nafarga yetib, jami 156 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring