Qozog‘istonda Milliy xavfsizlikka tegishli samolyot halokatga uchradi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Chegara xizmatiga tegishli bo‘lgan An-26 samolyotining qulashi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Olmaota sog‘liqni saqlash boshqarmasidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagi ikki kishi omon qolgan va kasalxonaga yetkazilgan.
«Bugun Nur-Sulton – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan An-26 samolyoti Olmaota aeroportiga qo‘nayotganda soat 17:20 da aloqa uzildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qo‘nish yo‘lagining oxirgi qismiga qulab tushgan», – deyiladi aeroport matbuot xizmati xabarida.
Bortda olti kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter