Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurolli to‘qnashuvda 133 nafar afg‘on harbiysi halok bo‘ldi – Pokiston hukumati

Qurolli to‘qnashuvda 133 nafar afg‘on harbiysi halok bo‘ldi – Pokiston hukumati

Pokiston Bosh vazirining xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha vakili Musharraf Zaidiy chegaradagi to‘qnashuvlarda afg‘on jangchilari orasida halok bo‘lganlar soni 133 kishiga yetganini, 200 dan ortiq odam esa yaralanganini iddao qildi.

«Jami 133 nafar afg‘on tolibi halok bo‘lgani tasdiqlandi, 200 dan ortiq odam yaralandi. Kobul, Paktiya va Qandahordagi harbiy nishonlarga qilingan zarbalar natijasida ancha katta yo‘qotishlar bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Afg‘oniston toliblarining 27 ta posti yo‘q qilindi va 9 tasi qo‘lga olindi», – deb yozdi Zaidiy «X» tarmog‘ida.

U shuningdek, ikkita korpus shtab-kvartirasi, uchta brigada shtab-kvartirasi, ikkita o‘q-dori ombori, bitta logistika bazasi, uchta batalon shtab-kvartirasi, ikkita sektor shtab-kvartirasi va 80 dan ortiq texnika, jumladan, tanklar, artilleriya qismlari va zirhli transportyorlar yo‘q qilinganini da’vo qilmoqda.

Afg‘oniston rasmiylari esa o‘tgan hafta Pokiston Afg‘onistonning Nangarhar va Paktika viloyatlaridagi tumanlarga havo hujumlarini uyushtirgani, natijada o‘nlab tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgani va yaralanganini ma’lum qildi.

Kecha tunda esa Afg‘oniston qurolli kuchlari portlashlarga javoban ikki mamlakatni ajratib turuvchi Durand chizig‘i bo‘ylab Pokiston kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujumkor harbiy operatsiyalarni boshlaganini e’lon qildi. 

Manba: x.com

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring