«Real» o‘zida «Eybar»ga imkon qoldirmadi

Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan Ispaniya chempionati qayta boshlandi. Chempionatning 28-turidan o‘rin olgan «Real» – «Eybar» uchrashuvida madridliklarning g‘alabasi qayd etildi.
Mezbonlar safida Toni Kroos, Serxio Ramos va Marselolar o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsalar, «Eybar»ning yagona javob goliga Bigas mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Madrid» ochkolarini 59 taga yetkazdi va ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Primera, 28-tur
Real Madrid – Eybar 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 4 Kroos, 2:0 – 30 Ramos, 3:0 – 37 Marselo, 3:1 – 60 Bigas.
Real Madrid – Kurtua, Ramos (Militao, 61), Marselo, Varan, Karvaxal (Mendi, 46), Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Beyl, 61), Modrich (Valverde, 84), Azar (Vinisius Junior, 61), Benzema.
Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Rafa Soaresh (Bigas, 57), Arbilya (Burgos, 84), Korrea, Eksposito, Alvares, Orelyana (Leon, 57), De Blasis (Inui, 78), Kristoforo, Kike Garsiya (Enrik, 57).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (47), Kristoforo (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter