«Real» va «Napoli»ning sobiq futbolchisi vafot etdi

Kolumbiya terma jamoasining sobiq a’zosi, jahon chempionatlarining uch marta qatnashchisi Freddi Rinkon 56 yoshida shifoxonada olamdan o‘tdi.
U uch kun avval o‘z mashinasi bilan YTHga uchrab, boshidan qattiq jarohat olgandi.
Freddi Rinkon Kolumbiya terma jamoasida 84 o‘yin o‘tkazib, 17 gol urgan. Amerika kubogining ikki karra bronza medali sohibi. 1990, 1994 va 1998-yillardagi jahon chempionatlarida qatnashgan.
Rinkon 1995-1996 yillarda Madridning «Real» jamoasida to‘p surgan. O‘z faoliyati davomida, shuningdek, «Napoli», Kolumbiya va Braziliya klublarida o‘ynagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter