Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida harbiy kelishmovchilik yuzaga keldi

Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida harbiy kelishmovchilik yuzaga keldi

Rossiyaning patrul kemasi va qiruvchi samolyoti Qora dengizdagi ingliz harbiy kemasiga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzdi, deya xabar bermoqda rus va ingliz ommaviy axborot vositalari.

Rossiya mudofaa vazirligining xabar berishicha, «HMS Defender» nomli britan kemasi Qrim yaqinidagi Rossiya hududiy suvlariga kirgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi hozircha izoh bermadi.

Rossiya Qrim hududiga yaqinlashgan Buyuk Britaniya kemasini mamlakat suvertitetiga dahl deb baholagan. Rasmiy Moskvaning ta’kidlashicha, voqea Qrim janubidagi Fiolent burnida sodir bo‘lgan. Britaniya kemasi ogohlantiruvchi o‘qdan so‘ng harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan.

Buyuk Britaniya elchixonasining mudofaa bo‘yicha mutassadisi Rossiya mudofaa vazirligiga chaqirilgan. Holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

«HMS Defender» - Buyuk Britaniyaning «Carrier Strike Group» tarkibiga kiruvchi kemasi. Qora dengizda o‘z vazifalarini bajarmoqda, deb xabar beradi Qirollik dengiz floti veb-sayti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring