Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada bir o‘zbekni yuk mashinasi bosib ketdi

Rossiyada bir o‘zbekni yuk mashinasi bosib ketdi

Bugun, 26-iyul kuni Chelyabinsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi B.R.ni yo‘lni kesib o‘tayotganida yuk avtomashinasi urib ketgan va u voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, vaziyat nazoratga olingan.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskvadagi vakolatxonasi va Chelyabinskdagi o‘zbek diasporasi birgalikda marhumning jasadini vatanga jo‘natish masalalarini hal qilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring