Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Joriy yil 29-aprel kuni Moskva shahridagi «Altuf’yevo» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida vaqtincha saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga markaz xodimlari hamrohlik qildi.
Mazkur ish Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik doirasida amalga oshirildi.
Hozirda bolalar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur holatlarda psixologik yordam ham ko‘rsatilmoqda.
Shu bilan birga, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yaqin qarindoshlari aniqlanib, ularni oila bag‘riga qaytarish borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter