Rossiyada samolyot halokatga uchradi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida «Su-29» rusumli samolyot halokatga uchrashi oqibatida 1 kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
«Su-29» rusumli sport samolyoti qo‘nayotgan paytda tezlikni pasaytira olmagan.
«Lomaks qishlog‘i yaqinida samolyot qo‘nish paytida halokatga uchragan», – deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.
Voqea yuzasidan surishtiruv boshlab yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter