Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

RShTTYIM Andijon filiali dispetcheri qo‘lga tushdi

RShTTYIM Andijon filiali dispetcheri qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti

Ulug‘nor tumanida ishga va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, RShTTYIM Andijon filiali dispetcheri O.P. fuqaro M.ni ushbu filialga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish hamda qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, jami 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring