Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga yoqmagan qit’a qirg‘og‘ining yarmini yo‘q qilib yuboradi — «Sarmat» raketasi ta’riflandi

Rossiyaga yoqmagan qit’a qirg‘og‘ining yarmini yo‘q qilib yuboradi — «Sarmat» raketasi ta’riflandi

Foto: Vesti.ru

«Sarmat» qit’alararo ballistik raketasi Rossiyaga yoqmagan qit’a qirg‘og‘ining yarmini yo‘q qilib yubora oladi. «Bilim» jamiyatining «Yangi ufqlar» marafonida «Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozin Rossiyaning qirg‘in quroli kuchini shunday ta’rifladi.

Rogozin «Angara» raketalariga ham to‘xtaldi. Ularning barchasi Plesetsk kosmodromiga yuborilgan. «Angara»lar — harbiy raketalar, mudofaa vazirligigi buyurtmasi asosida uchiriladi, dedi «Roskosmos» rahbari.

20 aprel kuni Plesetsk kosmodromi shaxtasidan davlat sinovlari doirasida «Sarmat» ballistik raketasiga birinchi start berilgandi.

«Sarmat»lar «Voyevoda» raketalari o‘rnini egallaydi. RF mudofaa vazirligi yangi raketalar olis masofalardagi nishonlarga zarba bera olishini, turlicha parvoz trayektoriyalariga egaligini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring