Saudiya Arabistoni Haj mavsumida ruxsatnomasiz Makkaga kirganlarga qattiq jazo choralarini e’lon qildi

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi munosabati bilan tartib-qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan jiddiy choralar ko‘rishini ma’lum qildi. Yangi qoidaga ko‘ra, maxsus ruxsatnomasiz — ya’ni Haj vizasisiz — Makka shahri va muqaddas qadamjolarga kirgan, bo‘lib turgan yoki kirishga uringan shaxslar 20 mingdan 100 ming Saudiya riyaligacha (taxminan 5330 dollardan 26,700 dollargacha) jarimaga tortilishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu tartibni buzganlar ushlansa, mamlakatdan deportatsiya qilinishi va kelgusida 10 yilgacha Saudiya Arabistoni hududiga kirish huquqidan mahrum etilishi mumkin. Qoidabuzarlarga yordam bergan shaxslar ham xuddi shunday jazolanishi ta’kidlangan.
Mazkur choralar Haj tadbirlarining tartibli va xavfsiz o‘tishi, ziyoratchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida joriy etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter