Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sharmandangni chiqaraman»: Navoiyda fuqaro 800 dollar bilan qo‘lga tushdi

«Sharmandangni chiqaraman»: Navoiyda fuqaro 800 dollar bilan qo‘lga tushdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro S.S. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.N.ning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish va oila a’zolariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 1 000 AQSh dollari berishini talab qilib, shundan 800 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, fuqaro S.S. fuqaro D.N.ni yuqoridagi kabi harakatlar bilan qo‘rqitib, jami 140 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliliga ko‘ra yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring