Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya AQShning Eron yadroviy inshootlariga hujumini qoraladi

Shimoliy Koreya AQShning Eron yadroviy inshootlariga hujumini qoraladi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) dushanba kuni AQShning Eron yadroviy inshootlariga bergan harbiy zarbasini keskin qoraladi.

Bu haqda Sinxua agentligi Koreya rasmiy markaziy axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.

«Hujum BMTning suverenitetni hurmat qilish va ichki ishlarga aralashmaslikni asosiy tamoyil sifatida belgilovchi Nizomini va boshqa xalqaro qonunlarni, shuningdek, uveren davlatning hududiy yaxlitligi va xavfsizlik manfaatlarini qo‘pol ravishda buzdi», – deyiladi bayonotda.

U bilan birga «tinchlikni saqlash» va «tahdidni yo‘q qilish» bahonasida Isroil va Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi keskinlikni yanada kuchaytirgani va jismoniy kuchini namoyish etib, global xavfsizlik tuzilmasi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiiargani aytiladi.

«Xalqaro hamjamiyat AQSh va Isroilning qarama-qarshi harakatlarini bir ovozdan qoralashi kerak», – deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyunga o‘tar kechasi AQSh Eron yadroviy inshootlariga havodan hujum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Eronga hujum vaqtida 30 ta Tomohawk raketasi va besh-oltita GBU-57 bunker bombasidan foydalangani aytiladi.

Isroil AQShning Eronga hujumlarini olqishladi, BMT Bosh kotibi va bir qator amerikalik siyosatchilar ularni qoraladi. Shundan so‘ng Tehron BMTning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi va Isroilga raketa uchirdi.

Ayrim manbalar AQSh Eron yaqin 48 soat ichida javob qaytarishini kutayotganini yozdi.

Biroz oldin vitse-prezident Vens bu Vashingtonning maqsadi emasligini aytgan bo‘lsa-da, Tramp AQSh Erondagi siyosiy rejimni o‘zgartirishi mumkinligini inkor etmadi.

 

Manba: russian.news.cn

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring