Sirdaryoda «Departament xodimi» ushlandi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini «Departament xodimi» deb tanishtirgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limining bildirgisiga asosan Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.X. boshqa bir fuqaro A.ga o‘zini «Departament xodimi» deb tanishtirib, unga 1 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali shahar hududidan bekat do‘kon qurish uchun yer ajratilishida yordam berishni va’da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter