Sirdaryoda haydovchi butun shaharni gazsiz qoldirdi

Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib — gaz quvuriga borib urildi. Natijada, «Amir Temur» mahallasidan o‘tuvchi gaz tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelib, butun shahar vaqtincha gazsiz qoldi.

Bugun tungi soat taxminan 3:00 lar atrofida Shirin shahar «Amir Temur» mahallasi «Ibn Sino» ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelgan, deyiladi shahar hokimligi axborot xizmatining xabarida.

Shaxsi ochiqlanmagan haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtotransport vositasi gaz quvuriga borib urilishi natijasida avariya holati yuzaga kelgan. Buning oqibatida gaz ta’minoti butun shahar bo‘ylab, soat 3:00 dan 9:00 gacha uzib qo‘yilgan.

Shu kechaning o‘zida shahar hokimligi hamda «Shirinshahargaz» gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan muammo bartaraf etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter