Sirdaryoda koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi

Guliston tumanida yashagan 69 yoshli T. S. (erkak)da 11 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
SSV xabariga ko‘ra, bemorga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Bundan avval 29-iyun kuni bemor miokard infarkti tashxisi bilan Guliston tumani markaziy shifoxonasida davolangan. Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining va semizlikning 3-darajalari borligi aniqlangan.
Ushbu hamroh kasalliklar fonida tashxis qo‘yilgan kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter