Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘rovnoma: Britaniyaning asosiy dushmani qaysi davlat ekani aytildi

So‘rovnoma: Britaniyaning asosiy dushmani qaysi davlat ekani aytildi

More in Common tahlil markazi tadqiqotiga ko‘ra, britaniyaliklar mamlakatda va dunyoda beqarorlikni his qilmoqda. Ular 2025 yilni “tartibsiz” va “xavfli” davr deb bilishadi. Tadqiqot Plimutdagi 2000 kishi va fokus-guruh ishtirokidagi so‘rovga asoslangan

Ularning ko‘pchiligi Buyuk Britaniya o‘zining xalqaro ta’sirini yo‘qota boshlagan deb hisoblaydi (so‘rovda qatnashganlarning 40 foizi shunday degan). Xitoy, ularning fikricha, tobora kuchayib bormoqda (67%). Respondentlar, shuningdek, AQSh (50%) va Rossiya (39%) xalqaro maydonda kuchayib borayotganiga ishonchlari komil. 

Shu bilan birga, respondentlar Xitoy va Rossiyani o‘z vatanlarining dushmani deb bilishadi. Respondentlarning 65 foizi Rossiyani Buyuk Britaniyaning dushmani deb atagan - bu barcha tilga olingan mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Undan keyin Eron (51%) va Xitoy (33%) joylashgan. 

Fransiya Yevropadagi eng yaqin ittifoqchi deb topildi. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, aprel oyidan buyon AQShni ittifoqchi deb hisoblaydiganlar ulushi 7 foizga oshgan – 50 foizgacha. 

Ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi (54%) mojaro tomonlari o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganida, Britaniya qo‘shinlari Ukrainadagi tinchlikparvar missiyada ishtirok etishini istaydi. Respondentlar Buyuk Britaniya hozir Ukrainaga qanday yordam ko‘rsatishi kerakligi borasida ikkiga bo‘lingan. 24 foizi qurol yetkazib berishni, 17 foizi gumanitar yordamni, 14 foizi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni, 6 foizi ukrainalik qochqinlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlagan. 

Respondentlar Buyuk Britaniya uchun asosiy tahdidlarni kiberhujumlar (24%), terrorizm (15%), yadroviy mojaro (14%), odatiy harbiy mojaro (12%) va “o‘ta o‘ng” terrorizm (7%)da ko‘rishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring