Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli futbol agenti Rayola shifoxonaga tushdi, ahvoli og‘ir — OAV

Taniqli futbol agenti Rayola shifoxonaga tushdi, ahvoli og‘ir — OAV

Foto: twitter.com/Football__Tweet

Taniqli niderland-italyan futbol agenti Mino Rayola bugun Milan shifoxonalaridan biriga og‘ir ahvolda keltirildi.

«La Gazzetta dello Sport» yozishicha, bugun, 12-yanvar kuni tongda Rayola San-Raffaele (Milan) shifoxonasiga keltirilib, shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

54 yoshli agent ayni paytda shifokorlar nazorati ostida, ahvoli og‘ir, deyilmoqda. Rayola qanday dardga chalingani hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun: Mino Rayola — futbol olamida katta nufuzga ega agentlardan biri. «PSJ» va Italiya milliy jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma, «Borussiya» (Dortmund)ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand, «Milan»ning shvetsiyalik yulduzi Zlatan Ibragimovich, «Yuventus»ning niderlandiyalik himoyachisi Matteys de Ligt, «Manchester Yunayted» va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Pol Pogba va boshqa ko‘plab nomdor futbolchilar uning mijozlari sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring