Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tehronda harbiy samolyot quladi

Tehronda harbiy samolyot quladi

Foto:«Vestnik Kavkaza»

Eron poytaxti Tehron shahri yaqinida Eron harbiy havo kuchlariga tegishli yengil samolyot qulab tushdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Samolyot Isfahondan Tehron sari parvoz qilayotgan edi. Havo kemasi poytaxtdagi Oyatulloh Humayniy nomidagi xalqaro aeroportga yetmasidan halokatga uchragan. Ekipaj a’zolari –  ikki kishi halok bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, samolyot aholi punktidan uzoqda qulagan.

Halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring