Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiy niqoblar Fransiyada faqat retsept bo‘yicha sotiladi

Tibbiy niqoblar Fransiyada faqat retsept bo‘yicha sotiladi

Foto: «Yandex.by»

Endi tibbiy niqoblar koronavirus tufayli Fransiyada erkin sotuvda bo‘lmaydi. Ular faqat retsept bo‘yicha sotiladi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

«Hozir niqobni xarid qilib bo‘lmaydi, chunki biz dorixonalarga niqoblarni tibbiyot xodimlari orasida tarqatishga yoki retsept bo‘yicha sotishga ko‘rsatma berdik», — deydi Fransiya rasmiy vakili Sibet Ndiyay.

Yaqinda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda niqoblarning hamma zixiralari rekvizitsiya qilinishi, ular tibbiyot xodimlari yoki yangi kasallikka duchor bo‘lgan mamlakat fuqarolariga tarqatilishini ma’lum qilgandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 212 kishiga yetgan, ulardan 4 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring