Toshkent shahri va ikki viloyatda cheklovlar yumshatildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin cheklovlari joriy yil 8-mayidan boshlab uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.
Birinchi — «qizil» toifadagi hudud — oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar avvalroq ma’lum qilingandi.
Ikkinchi — «sariq» toifadagi hudud — oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan hududlar:
➖ Surxondaryo,
➖ Xorazm viloyatlari,
➖ Toshkent shahri.
«Sariq» hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.
«Sariq» hududlarda, «qizil» hududlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:
- nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari, zargarlik va gul sotish do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;
- avtomashinalar yuvish shahobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;
- hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;
- yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanish.
- avtotransport vositalari stikersiz har kuni 07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha harakatlanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter