Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 23-iyul sanasi uchun rekord harorat qayd etildi

Toshkentda 23-iyul sanasi uchun rekord harorat qayd etildi

Toshkent shahrida soat 14.50 da havo harorati +43 darajaga yetdi.

Muqaddam 23-iyul sanasida poytaxtda bu kabi yuqori havo harorati qayd etilmagan.

Ma’lum qilinishicha, 2018-yil 23-iyulda Toshkentda havo harorati +42.2 darajaga yetgan va bu ko‘rsatgich poytaxtda aynan mana shu kun uchun eng yuqori havo harorati hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zgidromet» dam olish kunlari ham jazirama davom etishini prognoz qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring