Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 4 yoshli qizchaning qotili ushlandi

Toshkentda 4 yoshli qizchaning qotili ushlandi

Foto: Sputnik

Bosh prokuratura matbuot xizmati qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilganligi yuzasidan bayonot  berdi.

2019-yil 20-dekabr kuni soat 01:30 larda M.Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida fuqaro V.K. (1978-y.t., sudlangan) birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib, jahl qilgan holda ayolni voyaga yetmagan farzandini uyning 4-qavatidan yerga tashlab yuborgan.

Oqibatda voyaga yetmagan qiz (2015-y.t.) vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 23.12.2019-yilda M.Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

V.K. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring