Toshkentda aka ukasini pichoqladi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi I.Husainovning uyida janjal kelib chiqqan. Oqibatda 1972-yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz D.M. o‘zidan to‘rt yosh kichik ukasi S.M.ning o‘ng ko‘krak va bel qismlariga jarohat yetkazgan.
IIV saytida yozilishicha, voqea 15-fevral kuni sodir bo‘ldi.
Yetkazilgan jarohatlar natijasida S.M. shifoxonaga yotqizilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Aka esa qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter