Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir ayolga tegishli ikki qimmatbaho mashina yonib ketdi (foto)

Toshkentda bir ayolga tegishli ikki qimmatbaho mashina yonib ketdi (foto)

Foto: Telegram / @shopirlar

Toshkent shahrida 8-mart kuni tongda ko‘p qavatli uylardan birining oldidagi avtoturargohda qoldirilgan BMW X5 va Mercedes GLC avtomobillari yonib ketdi. Hodisa joyidan olingan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Telegram / @shopirlar
Telegram / @shopirlar

Yong‘in nima sababda kelib chiqqani noma’lum, hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilganicha yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda qimmatbaho avtomobillar qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zararlanganini ko‘rish mumkin.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala mashina bir ayolga tegishli bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring