Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikki xonadonga o‘t tushdi

Toshkentda ikki xonadonga o‘t tushdi

Foto: «iiv.uz»

2018-yilning 12-avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumani «Miskin» mahallasida 1956-yil tug‘ilgan S.Bekxodjayev uyining 250 kv.m. hamda qo‘shnisi 1951-yil tug‘ilgan S.Bekxodjayev uyining 50 kv.m. maydonida tom va shift qismi yongan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bergan.

Foto: «iiv.uz»

«Yong‘in haqida «101»ga xabar soat 22.31da tushgan va soat 22.39da birinchi yong‘in o‘chirish bo‘linmalari hodisa joyiga yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 23.15da o‘rab olinib, 00.00da o‘chirilgan. Yong‘in sababi aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring