Ustaxonada qoldirilgan «OPEL VESTRA» yonib ketdi (foto)

10-noyabr kuni poytaxtning Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasida joylashgan ustaxonada qoldirilgan, fuqaro A.R.ga tegishli «OPEL VESTRA» rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.
IIBB xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur yong‘in yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB YHXB hamda FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
«Barcha haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, transport vositasi sozlovchilaridan esa xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda ish olib borishlarini so‘rab qolamiz» - deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter