Toshkentda yana yer qimirladi

Bugun, 29-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:13 da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila epitsentri Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida joylashgan. Zizila magnitudasi 5,3 ball va chuqurligi 60 kmni tashkil etadi. Toshkentgacha masofa 344 km.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 344 km;2 ball
Namangan: 299 km;2 ball
Andijon: 298 km;2 ball
Farg‘ona: 238 km;3 ball
Guliston: 287 km;2 ball
Jizzax: 315 km;2 ball
Samarqand: 356 km;2 ball
Termiz: 332 km;2 ball
Qarshi: 434 km;2 ball
Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni ham Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila sabab O‘zbekistonda ham yer silkinishlari qayd etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter