Toshkentdagi ayanchli avtoto‘qnashuvda bir ayol halok bo‘ldi

Bugun, 15-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Abay va Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahada 2 ta mashina ishtirokida ayanchli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan va o‘ngga burilmoqchi bo‘lgan Nexia-2 haydovchisi asosiy yo‘ldagi Nexia-3 avtomobiliga yo‘l bermagan va ikkovi to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida Nexia-2 old o‘rindig‘idagi ayol yo‘lovchi olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan. Orqa o‘rindiqdagi bir ayol (shaxsi aniqlanmoqda) va 3 yoshli bola jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Toshkent shahar IIBB axborotida Nexia-3 mashinasidagi jarohatlangan yoki qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter