Toshkentning ayrim ko‘chalari 4 kunga yopiladi

Toshkentda 2023 yilning 31 avgust kunidan 3 sentyabr kuniga qadar Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan «Yangi nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabati bilan,
- Afrosiyob ko‘chasi I.Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha (31 avgust kuni soat 10:00 dan 3 sentyabr kuni soat 10:00 gacha);
- Afrosiyob ko‘chasi I.Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha (3 sentyabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha) yopiladi.
Yo‘lning yopilishi sababli ko‘chaning ko‘rsatilgan qismi orqali harakatlanuvchi 141, 51, 97, 140, 22, 38, 58, 98, 18, 196, 97, 57, 67, 2, 16, 26, 80, 81, 12-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati chizmada ko‘rsatilgan ko‘chalar orqali tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter