Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Maxfiy xizmat rahbarini ishdan bo‘shatdi

Tramp Maxfiy xizmat rahbarini ishdan bo‘shatdi

Foto: «Google.com»

Bugun, 8-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Maxfiy xizmati rahbari Rendolf Allesni ishdan bo‘shatgani haqida xabarlar tarqadi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Oy uy devoni rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveynidan Allesning iste’fosini rasmiylashtirishni so‘ragan. Shunga qaramasdan, «CNN» telekanali xabariga ko‘ra, dengiz piyodalarining iste’fodagi general-mayori (Rendolf Alles) hozircha o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun: Rendolf Alles AQSh Maxfiy xizmatini 2017-yil aprelida boshqarishga kirishgan. Uni shu lavozimga aynan prezident Tramp tayinlagan. Alles bungacha Chegara va bojxona nazorati xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari, undan ham avval idoraning havo va dengiz operatsiyalariga boshchilik qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring