Trampning mashhurlik reytingi rekord darajada pastga «sho‘ng‘idi»

AQSh prezidenti Donald Trampning mashhurlik darajasi eng quyi natijani ko‘rsatmoqda, deya ma’lum qildi «Morning Consult» kompaniyasi o‘zi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga asoslanib.
Joriy yilning 1-yanvaridan 31-yanvarigacha o‘tkazilgan, 156 ming kishi qatnashgan so‘rovnomalarda qatnashganlarning 40 foizigina Trampni qo‘llab-quvvatlamoqda. Avvalgi so‘rovnomalarda 43 foizgacha respondentlar prezidentni qo‘llagan edi.
55 foiz qatnashchi Tramning siyosatidan noroziligini bildirgan.
AQShning 27 shtatidagi siyosatchilarning ko‘pchiligi ham amaldagi prezidentga qarshiligi ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, shu oyning 27-28-fevral kunlari Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter