Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada koronavirus ikkinchi cho‘qqisiga ko‘tarildi

Turkiyada koronavirus ikkinchi cho‘qqisiga ko‘tarildi

Foto: «Tourprom.ru»

Turkiyada koronavirus birinchi to‘lqinining ikkinchi cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Mamlakatda yangi kasallanishlar ko‘payib ketishiga, sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning fikricha, dam olishga borganlar ehtiyot choralariga rioya qilmasliklari ham sabab bo‘lmoqda.

«Birinchi to‘lqinning ikkinchi cho‘qqisini boshdan o‘tkazyapmiz. Xuddi butun dunyoda bo‘lgani kabi bemorlarimiz va qurbonlarimiz soni tinmay oshmoqda», — dedi u.

Vazirga ko‘ra, Turkiyada sutka davomida  kovidga chalingan 1596 nafar bemor qayd etilgan, 45 nafar bemor vafot etgan.

Turkiyada pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish holatlari jami 273 301 taga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring