Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada yangi yil kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Turkiyada yangi yil kuni terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto: «Al-Manar TV»

Bugun Turkiyaning Istanbul hamda Anqara shaharlarida o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida 75 nafar kishi IShID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi. Agentlikning bildirishicha, qo‘lga olinganlar orasida Yangi yil bayrami kunlari terakt amalga oshirishni rejalashtirganlar ham bor.

Ushbu amaliyotlar o‘tgan yili Istanbulda 39 nafar kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktga bir yil to‘lishiga yaqin qolganda amalga oshirildi. O‘sha teraktdan buyon hibsga olishlar ko‘paydi va bugungi kunda 100 nafarga yaqin kishi voqeaga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan.

Yangi yil kechasi Istanbulda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. 40 000ga yaqin politsiyachi jalb etiladi, ko‘plab kvartallarda, jumladan, Taksim va Beshiktosh maydonlarida ommaviy yig‘ilishlar taqiqlanadi.

Oxirgi yillarda Turkiyada ko‘plab teraktlar amalga oshirib kelindi. Ammo, o‘tgan Yangi yil kechasidagi hodisadan buyon Turkiyada birorta terakt amalga oshirilmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring