Turkiyadagi YTH oqibatida shifoxonada yotgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 19-iyul kuni «Bakırköy Dr. Sadi Konuk Eğitim Araştırma Hastenesi» tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi N.R. vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborotida ma’lum qilindi.
U 1-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida olingan jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.
Turkiya huquqni himoya qilish organlari voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlagan.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter