Turkiyadagi saylovda Yevropa parlamentidan kuzatuvchilar bo‘lmaydi

Yevropa parlamenti Turkiyada shu yil 24 iyun kuni o‘tkaziladigan prezident hamda parlament sayloviga kuzatuvchi jo‘natmasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Yevropa parlamentining Demokratiyani qo‘llab-quvvatlash va saylovlarni tashkillashtirish guruhining hamraisi Devid Makallister va Linda Makavan: «Yevropa parlamenti Turkiyada shu yil 24 iyunda o‘tkaziladigan saylovni kuzatib bormaydi va siyosiy jarayonlarning natijalari haqida izoh bermaydi», — degan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter