Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulan-Batordan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Ulan-Batordan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bugun, 23-iyun kuni Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes-forumida tomonlar Ulan-Bator shahridan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Muzokara davomida reyslarni amalga oshiruvchi «Hunnu Air» aviakompaniyasiga kerakli slotlar ajratilishi masalasiga aniqlik kiritildi hamda tranzit yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish mexanizmi va tartibini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.  

Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid kelishuvlarga erishdi.

Tegishli kelishuvga muvofiq «Hunnu Air» aviakompaniyasi joriy yil sentyabr oyida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Manba: gov.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring