Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxanga borganini yashirgan ayolga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Uxanga borganini yashirgan ayolga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Foto: «Ir.voanews.com»

Xitoyning Xebey provinsiyasi Neysyu uyezdi politsiyasi Uxanga borganini yashirgan ayolga nisbatan ish qo‘zg‘atdi, deb yozadi «RIA Novosti».

Juma kuni unga yangi tipdagi koronavirus chaqirgan zotiljam tashxisini qo‘yishdi. U 77 nafar inson, jumladan, shifoxona xodimlari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.

Ayolning familiyasi — Lyu, u 64 yoshda. 17-yanvar kuni u turmush o‘rtog‘i, qizi, kuyovi va nevaralari bilan Uxandan Neysyuga qaytib kelishadi. 31-yanvar kuni uning nafas olishi qiyinlashadi va shifoxonaga yotadi. U va oilasi Uxanga borganini 6-fevralgacha yashirib kelishadi.

Hukumat izolyasiya choralarini ko‘rdi: Neysyudagi an’anaviy Xitoy tabobati klinikasini, Syaodun tumanidagi stomatologiya klinikasini hamda bemor bo‘lgan va yashagan hamma joylarni yopdi.

Bir kun oldin Xitoy sharqidagi Futszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirgan erkakni qo‘lga olishdi. U ham Uxanga borganini yashirib kelgan. Qaytib kelgach bir qancha ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan. U tufayli qariyb 4 ming kishi karantinga tushgan, ulardan 7 nafari koronavirusni yuqtirishga ulgurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring